Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida yuzaga kelgan ziddiyat toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berildi

17:39 31 May 2020 Jamiyat
4632 0

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida sodir boʻlgan voqea toʻgʻrisida DXX Chegara qoʻshinlari rasmiy kanalida maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha, 2020-yil 31-may kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida joylashgan Chashma bulogʻi oldida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida ziddiyat kelib chiqqan.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining masʼul rahbarlari voqea joyida uchrashishgan.

Hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?