Oʻzbek olimi Alfred Nobel nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

16:08 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
2450 0

“Xalq soʻzi Online”. Rahmatilla Sheraliyev. Oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor, akademik Abdurashid Hasanovning mehnatlari xalqaro miqyosda eʼtirof etildi.

Uning maʼnaviy-maʼrifiy, ilm-fan sohasi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi Rossiya Fanlar Akademiyasi tomonidan taʼsis etilgan Alfred Nobel nomidagi medalga loyiq deb topildi. Kecha Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida Abdurashid Hasanovga mazkur medal tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, mazkur tadbirda akademik Abdurashid Hasanov muallifligida chop etilgan kitoblar ham yuqori baholandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?