“Oʻzbek kinosi kunlari” Qozon shahrida davom etmoqda

15:46 04 Oktyabr 2019 Madaniyat
128 0

Kecha Qozon shahridagi “Mir” kinoteatrida “Oʻzbek kinosi kunlari” ochildi.

Tadbirda Tatariston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari Damir Natfullin, Oʻzbekiston Respublikasining Qozondagi konsulligi bosh konsuli Fariddin Nasriyev, Oʻzbekiston delegatsiyasidan Oʻzbekiston xalq artisti Rajab Adashev hamda kinoaktrisa Feruza Saidovalar ishtirok etishdi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Ochilish marosimidan soʻng, rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non”, Hilol Nasimovning “Hayot” badiiy filmlari namoyish etildi. 4-5-oktyabr kunlari tataristonlik kinomuxlislar va Qozondagi oʻzbek diasporasiga rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqoʻrgʻon” va “Abdullajon”, Abduvohid Gʻaniyevning “Elparvar” hamda Akbar Bekturdiyevning “Tinchlik ortida” badiiy filmlari taqdim qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 1-oktyabr kuni Moskvada “Oʻzbek kinosi kunlari“ tadbiri boshlangan. Besh kun ichida tomoshabinlarga oʻzbekistonlik rejissyorlar tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta badiiy va 4 ta hujjatli film namoyish etilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?