Ozarbayjonda vulqon otildi

17:05 13 Fevral 2019 Dunyo
683 0

Illyustrativ foto

Ozarbayjonning Shamaxin tumanida balchiqli vulqon otilishi hodisasi roʻy berdi. Bu haqda ushbu tumandagi Gushchu qishlogʻi hududiy ijro vakili Bashir Bahromov maʼlum qildi.

“Jarayon bugun soat 6:00da qayd etildi. Otilish balandligi 4-5 metr. Tashqariga chiqarilgan togʻ jinslari 1-1,5 km. perimetrda tarqalgan. Ayni paytga kelib vulqon otilishi toʻxtagan, biroq epimarkazdagi jarayonlar davom etyapti. Hudud nazoratga olingan ”, degan B.Bahromov.

Ushbu hodisa qishloq aholisiga hech qanday zarar yetkazmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?