OTMga xotin-qizlarni qoʻshimcha grant asosida qabul qilish tartibi belgilanadi

16:48 28 Mart 2020 Jamiyat
744 0

foto by: Google

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga xotin-qizlarni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar berish va oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Respublika oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida oliy maʼlumot olish istagida boʻlgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

- kam taʼminlangan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va toʻlov kontraktini toʻlashga layoqatsiz boʻlgan oilalar;

- toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

- 14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollarning (er) qizlari;

- otasi yoki onasi nogiron boʻlgan va kam taʼminlangan oilalar;

- ogʻir uy-joy sharoitlarida yashayotgan va doimiy uy-joyiga ega boʻlmagan oilalar;

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz boʻlgan kam taʼminlangan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida hisobda turganlar;

- nogironligi boʻlgan farzandi bor oilalar;

- oliy maʼlumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning oʻrtacha koʻrsatkichlaridan bir necha baravar past boʻlgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalar farzandlari uchun ularni oʻz hududida muyyan muddat ishlash sharti bilan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?