Oʻsmirlar Olimpiadasi qahramonlari katta tantana bilan kutib olindi

10:46 22 Oktyabr 2018 Sport
1074 0

 

Mazkur “Kichik Olimpiada” oʻzbekistonlik yosh atletlar 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza jami 16 ta medalni qoʻlga kiritib, 206 mamlakat ichida 13-oʻrinni egalladi.

Bugun tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov soʻzga chiqar ekan, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh sportchilarimizni tabrikladi. Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor oʻz samarasini berayotganini alohida qayd etib oʻtdi. Qoʻlga kiritilgan yutuqlar uchun sportchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Argentina Olimpiadasining oltin medali sohiblari Kumush Fayzullayeva, Umid Jalolov yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirishdi.

Shuningdek, sportchilarimizning ota-onalari ham soʻzga chiqib, oʻzlarining eng samimiy tilaklarini izhor etishdi.

Qayd etish joizki,III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston oʻz rekordini yangiladi. Gap shundaki, toʻrt yil oldin Nankinda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz 10 ta medal qoʻlga kiritgandilar.

Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?