Oʻsmirlar olimpiadasi: Muhammadqodir Toshtemirov kumush medalga ega chiqdi!

10:18 12 Oktyabr 2018 Sport
152 0

Buenos-Ayresda oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqada ogʻir atletikachilarimiz ham oʻz ishtiroklarini boshlab yuborishdi.

Bahslarga birinchilardan boʻlib -77kg vazn toifasidagi atletimiz Muhammadqodir Toshtemirov kirishdi. Hamyurtimiz dast koʻtarishda 140kg., siltab koʻtarishda esa 168kg., toshni oʻziga boʻysundirdi. Umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan sportchimiz yakunda kumush medalga ega chiqdi. Ushbu yoʻnalishda oltin va bronza medallar mos ravishda Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 2ta kumush va 1ta bronza medallari mavjud.

Shuningdek, jamoaviy mikst bahslarida Oʻzbekistonning ikki vakili, biri oltin va biri bronza medali bilan taqdirlangan. Ammo bu medallar medallar jamgʻarish boʻyicha reytingda Oʻzbekiston hisobiga yozilmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?