O‘rta Chirchiqda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, IIB xodimlarini aldamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

11:04 06 Iyun 2018 Jamiyat
21700 0
Foto: prm.ua

2017 yil 19 sentyabrda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil 16 sentyabr kuni birga yashagan turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida marhum H.A.ning uyida yollanib ishlagan Bo‘stonliq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yo‘qolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil 17 sentyabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga ko‘mib yuborganliklari aniqlangan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida B.S. va Z.A. qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?