Oqoltin tumanida uchta sud yangi binolariga ega boʻldi

16:03 12 Iyun 2019 Jamiyat
110 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Oqoltin tumani markazi-Sardobada tumanlararo fuqarolik ishlari sudi rekonstruksiya qilingan, maʼmuriy va iqtisodiy sudlar esa yangidan bunyod etilgan binolariga koʻchib oʻtdi.

Eʼtiborlisi qurilish –loyihalash ishlarida mazkur mahkamalarga tashrif buyuradigan fuqarolarga qulay sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Yaʼni ular uchun fuqarolar qabulxonasi tashkil etildi. Qabulxonada barcha sharoitlar yaratildi va fuqarolarning axborot olish imkoniyatlari ham kengaytirildi. Xususan, unda sud jarayonlari qachon boʻlishi boʻyicha elektron jadvalning avvaldan berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.Shuningdek, qabulxonaga sudga murojaat qilish bilan bogʻliq va boshqa hujjatlarning namunalari hamda qonunlar ham joylashtirildi.

Binolarni topshirish tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?