Oʻqituvchilar oylik ish haqlari oshirilishini talab qilishmoqda

19:37 08 Aprel 2019 Dunyo
692 0

Illyustrativ foto

Polshada oʻqituvchilar oylik ish haqlari oshirilishini talab qilib, ish tashlashdi. Oqibatda bugundan boshlab mamlakatdagi maktablar yopilgan. Bu haqda “Wprost” manbasi xabar berdi.

Ushbu aksiyada maktablar va bolalar bogʻchalarining 80 foiz pedagoglari ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirgan.

Oʻqituvchilarning hozirgi kundagi maoshi barcha soliqni hisobga olganda, 3380 zlotiyni tashkil qiladi. Ular shu yilning 1 sentyabriga qadar oylik ish haqlariga yana 15 foiz, yil boshidan buyon jami 1000 zlotiygacha (qariyb 263 AQSH dollari) qoʻshishlarini talab etishyapti.

Yaqinda mamlakat hukumati 2019 yilda pedagoglar maoshi 15 foiz oshirilishi va 2020 yilga kelib, soha xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimi oʻzgarishini maʼlum qilgandi. Kasaba uyushmalari esa bu taklifni rad etib, oʻqituvchilarni norozilik bildirishga chaqirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?