Oltinkoʻlliklar mavsumga shay

15:38 25 May 2020 Jamiyat
121 0

Bugun qishloq xoʻjaligi xodimlari katta mavsum ostonasida turibdilar. Hademay, bugʻdoy oʻrimi boshlanadi. Oltinkoʻl tumanida ham 4 ming 210 gektar maydonda bugʻdoy parvarishlandi.

— Mavsum oldidan barcha texnik vositalar shay holatga keltirildi,-deydi “Oltinkoʻl Agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Anvarjon Haydarov. – Tumanda CLAAS, Keys rusumidagi 23 ta gʻalla oʻrish kombaynlari mavjud. Ular mehnatga soz holatga keltirilishi bilan birga zaruriy ehtiyot qismlar zaxirasi ham yaratildi. Bundan tashqari, kombaynchilarimizga oldindan 1 mln. soʻmdan mablagʻ va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bu yil tumandagi 157 ta fermer xoʻjaligining 33 tasida urugʻlik don yetishtirilmoqda.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?