Oltinkoʻl tumaniga hokim tayinlandi

09:53 22 Oktyabr 2020 Siyosat
211 0

Bugun xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligiga Iqbol Matroʻziyev nomzodi tasdiqlandi.

Iqboljon Matroʻziyev 1984-yilda Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ish faoliyatini 2003-yilda Jalaquduq tumanidagi 50-maktabgacha taʼlim muassasasi ishchilikdan boshlangan. Bir necha yillar davomida Jalaquduq tumani xalq taʼlimi va moliya boʻlimlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Oltinkoʻl tumani hokimligiga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.

Aytish joiz, Oltinkoʻl tumanining sobiq hokimi Nazirjon Oʻrinboyev 7-oktyabr kuni pnevmoniya kasalligi asoratlari va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida 54 yoshida vafot etdi.

Maʼlumot uchun: birozdan soʻng xalq deputatlari Xonobod shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻz ishini boshlaydi. Unda shahar hokimligiga nomzod masalasi koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

S.HUSANOV, 
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?