Oltiariqda bir daraxtdan 18 xil meva olinmoqda (foto)

14:04 11 Iyun 2018 Jamiyat
3038 1
Фото: "Халқ сўзи"

Oltiariqlik Abduvahob Mirzajonovni Farg‘onada mirishkor dehqon,yangi nav yaratuvchi iqtidorli seleksioner sifatida juda yaxshi bilishadi.

Фото: "Халқ сўзи"

Uning xonadoniga kirsangiz hovlisidagi bir tup g‘aynoli daraxtida18 xil bir danakli mevalarning pishib yetilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Qizig‘i shundaki, ushbu daraxt yillar davomida A. Mirzajonovning tajriba daraxtiga aylanib ulgurgan.

Фото: "Халқ сўзи"

Bir tanada Amerika, Yevropa, Uzoq sharq, Xitoy, Koreya davlatlaridan keltirilgan g‘aynoli, o‘rik navlari pishyapti. Seleksionerning mo‘jazgina 5 sotixli tomorqasida (sizga yolg‘on, bizga chin) 2000 ziyod (olmaning 5 xili, uzumning 10 xili, g‘aynolining 8 xili, o‘rikning 4 xili) ko‘chatlar ko‘kka bo‘y cho‘zgan.

Фото: "Халқ сўзи"

Унинг энг асосий мақсади четдан келтирилган меваларнинг мамлакатимиз об-ҳавоси ва шароитларига мослашган ноёб навларни маҳаллий селекция йўли билан яратиб, уларни саноат усулида етиштиришни йўлга қўйиш.

 

 

 

Uning eng asosiy maqsadi chetdan keltirilgan mevalarning mamlakatimiz ob-havosi va sharoitlariga moslashgan noyob navlarni mahalliy seleksiya yo‘li bilan yaratib, ularni sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?