Olovuddinning Oʻzbekistondagi sarguzashtlari haqida qisqa metrajli film namoyish etildi 

11:24 15 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
399 0

Parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan boʻlib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagʻishlangan. Film Oʻzbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan. Bu haqda “Oʻzbekturizm” xabar berdi. Olovuddin rolini ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etgan. Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videoxostingidagi devinsupertramp kanalining amerikalik rejissyori Devin Grem tomonidan ishlangan. “Oʻzbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi huddi filmdagidek koʻrinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati judayam doʻstona, taomlar esa nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi”, - deb izoh qoldirilgan kanalda. Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi boʻlib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq koʻrilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?