Olimlar koronavirusning yanada yuqumliroq shtammini aniqlashdi

08:47 05 Iyul 2020 Dunyo
301 0

Amerikalik olimlar bir odamdan boshqasiga juda tez yuqishi mumkin boʻlgan koronavirusning yangi shtammini aniqlashdi.

Bu haqda “Journal of the American Medical Association” nashri yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis Entoni Fauchining bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

“Maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, virusning tezroq koʻpayishiga imkon beruvchi bitta mutatsiya mavjud va bu virusning yuqori konsentratsiyasiga olib kelishi mumkin”, deydi Fauchi bu shtamm oldingisiga qaraganda yuqumliroq boʻlishi ehtimoldan xoli emasligini taʼkidladi.

Ammo, mutaxassisning qayd etilishicha, ayni damda ushbu yangi shtammni insonlar qanday oʻtkazishi hali aniq emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?