Nazarboyev Qasim-Jomart Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida taklif qildi

11:08 23 Aprel 2019 Dunyo
620 0

“Nur Otan” partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qasim-Jomart Toqayevni Qozogʻiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews internet-nashri xabar tarqatdi.

“Partiya raisi sifatida Qozogʻiston Respublikasi Prezidentligi uchun Qasim-Jomart Toqayevni nomzodini koʻrib chiqish uchun taklif etaman. Uzoq yillar davomida birga ishlaganim uchun uni yaxshi bilaman, uni mazkur lavozimga mamlakatdagi eng munosib nomzod deb hisoblayman. Toqayev mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq turli joylarda mening yonimda boʻldi. U men bilan birgalikda tashqi siyosatimizni barpo etishda ishtirok etganlardan biri boʻldi, uzoq yillar Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri sifatida ishladi.

Uning diplomatik mavqei xorijda yuqori baholanadi. Bilasiz, u BMT bosh kotibi oʻrinbosari sifatida ishlagan va juda tajribali siyosatchi sanaladi”, - dedi Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XIX qurultoyida.

Maʼlumot uchun, Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻistonning amaldagi prezidenti sanaladi. Aprel oyi boshlarida davlat rahbari 9 iyun kuni mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtishi haqida eʼlon qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?