Nokia 5G tarmogʻida maʼlumotlar uzatish tezligi boʻyicha rekord oʻrnatdi

00:37 22 May 2020 Dunyo
143 0

foto by: Google

Nafaqat telefonlar ishlab chiqaruvchi, balki telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib beruvchi sifatida ham tanilgan Nokia beshinchi avlod mobil tarmoqlarida (5G) maʼlumotlar uzatish tezligi boʻyicha rekord oʻrnatdi.

Bu haqda kompaniyaning rasmiy bayonotida maʼlum qilindi.

Bayonotga koʻra, rekord Nokia tomonidan eng ilgʻor telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 5G tarmogʻi oʻrnatilgan Dallasda (Texas, AQSH) qayd etilgan.

“Tarmoqdagi maʼlumot uzatish tezligi 4,7 Gbit/s ni tashkil etdi. Bunday yuqori koʻrsatkichga erishish uchun 5G millimetrli toʻlqin spektri va LTE spektrida turli chastota diapazonlari biriktirilgan EN-DC ikki tomonlama ulanish texnologiyasidan foydalanildi”, deya taʼkidlangan xabarda.

Qayd etilishicha, dunyo rekordini oʻrnatish Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yirik operatorlarining tijorat tarmoqlarida ishlaydigan tayanch stansiya tizimlarida amalga oshirilgan.

Kompaniya tomonidan taʼkidlashicha, 4,7 Gbit/s - bu ulanish texnologiyasidan foydalanish natijasida erishilgan eng yuqori tezlikdir. Ushbu ulanish ssenariysida 5G moduli boʻlgan qurilma bir vaqtning oʻzida LTE va 5G tarmoqlari bilan maʼlumot almashadi.

Shuningdek, alohida maʼlum qilinishicha, ushbu yutuq AQSHda 5G tarmoqlarini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?