Nogiron farzandini parvarishlash natijasida pensiya uchun yetarli ish stajiga ega boʻlmagan onalarga nafaqa toʻlanadi

15:10 19 Mart 2019 Jamiyat
282 0

Illyustrativ foto

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (229-son, 18.03.2019 y.), deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, endilikda tegishli ish stajiga ega boʻlmagan bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

Mazkur nafaqa bolaning nogironligi toʻgʻrisida Tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi yoki maʼlumotnomasi asosida tayinlanadi.

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlarga, yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular haq toʻlanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega boʻlishi munosabati bilan nafaqa toʻlash toʻxtatilar edi.

Qaror bilan mazkur tartib bekor qilindi, yaʼni nafaqa oluvchi boshqa daromad keltiradigan ish bilan shugʻullanishi yoki shugʻullanmasligidan qatʼiy nazar nafaqa toʻlash davom ettiriladi.

Shuningdek qarorga koʻra, endilikda quyidagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi:
- aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun moʻljallangan paxta moyi;
- shulxa va paxta chigiti shroti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?