O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

11:38 10 Iyul 2018 Hujjatlar
460 0
Foto: “Xalq so‘zi”

O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, qaror bilan vazirlik nizomi, “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom va boshqa vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mehnati bilan sohada ajralib turgan Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, xodimlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadilar.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash tartibi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi va har yilning 20 martiga qadar vazir buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?