Niqobsiz yurganlar 53 ming dollargacha jarimaga tortiladi

18:55 15 May 2020 Dunyo
378 0

Payshanba kuni Qatar Ichki ishlar vazirligi koʻchaga chiqqan odamlar niqob taqishlari majburiy ekanligini maʼlum qildi. Ushbu qonun 17-maydan kuchga kiradi va bunga rioya qilmaganlar 200 ming riyolgacha (53 ming dollar) jarimaga tortiladi.

Vazirlikning xabariga koʻra, niqob taqmagan qoidabuzarlar uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi ham mumkin. Birgina istisno holati shuki, bir oʻzi mashina haydab ketayotgan haydovchi niqob taqmasligiga ruxsat beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Qatarda 14-may kuni 1733 kishida koronavirus aniqlandi. Ayni paytda bu mamlakatda virus bilan kasallanganlar 28 272 kishini, vafot etganlar 14 kishini tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?