Nima uchun koronavirus Italiyada tez tarqaldi? Mutaxassis izohi

01:09 27 Mart 2020 Dunyo
559 0

Illyustrativ surat

Rossiyalik vrach-reanimatolog Irina Shlichkova koronavirusning Italiyada qanday tarqalishi haqida oʻz fikrlari bildirdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bularning barchasi yanvar oyida Italiyada chegirma savdolariga start berilishi va Xalqaro moda haftaligini boshlanishi bilan bogʻliq. Aynan ana shu munosabat bilan Italiyaga juda koʻp xitoyliklar kelgan. Bu infeksiyani tarqalishiga birinchi sabab.

Keyingisi esa Milan shahridagi San-Siro stadionida Chempionlar ligasi doirasida boʻlib oʻtgan “Atalanta“ (Italiya) va “Valensiya“ (Valensiya) klublari oʻrtasidagi futbol bahsi boʻldi. Mazkur ikki tadbir Italiya virusni mamlakatda tez tarqalishiga sabab boʻldi.

Birinchi oʻyinda ishtirok etgan ispaniyalik muxlislar va Valensiya shahrida boʻlib oʻtgan javob oʻyiniga borgan italiyaliklar koronavirusni Ispaniyaga olib kelishgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiyada ushbu infeksiyani 74386 nafar odam yuqtirib olgan. Ushbu kasallikdan 7503 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Ispaniyada esa kassalik qayd etilgan bemorlar soni 56 188 nafarni tashkil etmoqda, mamlakatda mazkur infeksiya tufayli 4089 kishi vafot etgan.

Ilk bor, 2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan koronavirus infeksiyasi buguni kunga kelib, dunyoning 170 dan ortiq davlatiga tarqaldi. Dunyo boʻyicha ushbu infeksiyani 480 ming nafardan ortiq odam yuqtirib olgan. Mazkur virus tufayli 21 ming nafardan ortiq odam hayotdan koʻz yumdi.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatimizda ushbu infeksiyani 75 kishi yuqtirib olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?