Neft quvuri portlab ketdi. Qurbonlar koʻp

15:08 16 Oktyabr 2018 Dunyo
1689 0
Foto: Sputnik

Nigeriyaning janubi-sharqidagi Abiya shtatida neft quvurining portlab ketishi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 60 nafarga yetdi.

Bu haqda Reuters xabar berdi. Fojia neft quvuriga yetarli darajada texnik xizmat koʻrsatilmagani oqibatida kelib chiqqan boʻlishi mumkinligi aytilyapti.

Ushbu mamlakat favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi muvofiqlashtiruvchisi Evans Ugoning soʻzlariga koʻra, mahalliy aholi portlash haqida rasmiylarni ogohlantirish oʻrniga quvurdan oqib chiqayotgan neftni yigʻib olishga uringan. Oqibatda ular kelib chiqqan olov iskanjasida qolib ketgan.

“Fojia qurbonlari neft quvurida hosil boʻlgan teshikdan oqib chiqayotgan neftni ularni yongʻin oʻrab olmaguncha yigʻishgan”, - deydi Ugo.

Ayni paytda neft quvuri atrofida nazorat kuchaytirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?