Neft narxlari keskin koʻtarildi

15:08 16 Sentyabr 2019 Dunyo
141 0

Saudiya Aarbistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishi tufayli neft narxi 10 foiz qimmatlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Gap shundaki, bugun ertalab Brent markali neft narxi 9,96 foiz oshib, 1 barreli 66,22 AQSH dollarini, WTI markalisi 8,61 foiz koʻtarilib, 59,22 dollarga yetgan.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, mamlakatda bir kunlik neft qazib olish hajmi oʻrtacha 50 foiz kamaytirilgan. Buning natijasida etan va boshqa tabiiy gaz qazib olish miqdori ham ellik foiz pasaygan.

Xususan, bu yerdagi “Bikayk” va “Xirays” nomli eng yirik “qora oltin“ konlarida qazib olish vaqtincha toʻxtatilgan. Ushbu vaqt davomida buyurtmachilarga neft zaxira omborxonalaridan yetkazib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan shanba kuni tong soat 04:00 da Saudi Aramco milliy neft kompaniyasiga tegishli bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. OAVlar xabariga koʻra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari oʻz zimmasiga olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?