“NEC” kompaniyasi rahbari bilan muloqot

14:44 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
140 0

Yaponiya poytaxtida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilari “NEC” korporatsiyasi rahbari Norihiko Ishiguro bilan uchrashdi.

“NEC” korporatsiyasi yurtimizda telekommunikatsiya tarmogʻi hamda teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirish borasida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan hayotga tatbiq eilayotgan “Maʼlumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmogʻini kengaytirish” (DWDM) investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari ham muhokama etildi.

Shuningdek, “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi rahbari Tsuyoshi Yamada bilan ham uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, “aqlli”, “toza” va “xavfsiz” shahar, hududlar tizimlarini joriy etish boʻyicha Qoʻshma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?