Navoiy viloyatida shifoxona xodimi Karantin qoidalarini pisand qilmay kirakashlik qilib yurganida ushlandi(Video)

13:22 01 Aprel 2020 Jamiyat
2709 0

Shifoxona xodimi harakatini yogʻingarchilik va ob- havo sharoiti bilan bogʻlab, oʻzini har qancha mehr-oqibatli koʻrsatishga urinmasin, avtomashina salonidagi yoʻlovchilar ularning har biridan uch ming soʻmdan olib, manziliga yetkazishayotganligini bayon etishdi.

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor etadi, deb shuni aytishadi. Qolaversa, yomgʻirdan qochgan ushbu fuqarolar “doʻl”ga tutilmasligiga kim kafolat bera oladi.

Shifoxonaning qoidabuzar xodimiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Temur Eshboyev,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?