Navbat traktorga! Yana bir antiqa sayyoh JCH-2018ni tomosha qilish uchun kelmoqda (foto)

12:20 12 Iyun 2018 Dunyo
755 0

Germaniya terma jamoasining 70 yoshli muxlisi Gubert Virt futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun traktorda Rossiya tomon yo‘lga chiqdi.

U traktoriga tirkama sifatida pivo bochkasi ko‘rinishidagi uyini qo‘shib olgan. Uyda yotoq uchun maxsus joy va oshxona o‘rin olgan.

Gubert Virt safarini 15 may kuni boshlagan bo‘lib, u 14 iyunga qadar Moskvaga yetib olishni ko‘zlamoqda. U allaqachon Polsha chegarasini kesib o‘tib, Belarus hududiga qadar yetib kelgan.

Uning traktori Lanz Bulldog 1936 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, soatiga 15-20 km tezlikda harakatlanadi. Virt sutkasiga 100 kilometr atrofida masofani bosib o‘tmoqda. Virtga uning sevimli iti — taksa turiga mansub Xeks laqabli kuchukcha hamrohlik qilmoqda.

Qayd qilinishicha, nemis pensioneri 20 yildan buyon traktorida sayohatga chiqishni odat qilgan. U nafaqaga chiqquniga qadar Mersedes kompaniyasida mexanik sifatida ishlagan.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?