“Navbahor” futbol klubining sobiq murabbiyi: “Hokim qoʻngʻiroq qilib qaysi futbolchini oʻynatishni, hatto hisobni buyurtma qilardi”

11:00 08 Avgust 2019 Sport
248 0

Namanganning “Navbahor” futbol jamoasi sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis “Match TV”ga intervyu berdi. Intervyu davomida rossiyalik murabbiy oʻzbek futboli haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

“Namanganda hokim futbolga qiziqadi. Hokim bu bizdagi gubernatorga oʻxshagan lavozim. “Navbahor” xuddi “Paxtakor” yoki “Lokomotiv” kabi katta pulga ega klub emas. Bu xalq jamoasi. Muxlislar futbolni yaxshi koʻrishadi va juda qiziqqon, ular toshboʻron qilishlari ham mumkin (kuladi). Namangandan hech qaysi murabbiy yaxshilikcha ketmagan.

Lekin men nolisam, uyat boʻladi. Meni qoʻllarida koʻtarib yurishdi desam ham boʻladi. Biz katta natijalarga erishmagan boʻlsak-da, top jamoalarga boshogʻriq boʻlishni uddaladik. Jamoa 14 yil ichida ilk marta medal oldi.

U yerda hokim telefon qilib “Falonchini oʻynat, falonchini emas» deb aytishi mumkin. U hatto hisobni ham buyurtma qilib: “Bugun 3:0 yutishimiz kerak”, deb aytishi hech gapmas.

U kiyinish xonasiga kirib, futbolchilarga baqirgandi ham. Bir oʻyinning tanaffusida u kiyinish xonasiga kirdi. Hisob 0:0 edi va 2-boʻlimda 3:0 yutdik. Hokimning aytishicha, bu uning gaplari samarasi boʻlgan. Keyin hokimga futbolchilar bilan oʻyinning ertasiga, yuzma-yuz gaplashishni tavsiya qildim. Bir-birimizni tushundik. U odam Namangan uchun koʻp ish qilgan, lekin uning yordamchilari...”, — deb Kanchelskisning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda “Match TV” rasmiy sayti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?