Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

12:55 15 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
2212 0

Adhamjon Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar berdi.

A.Tillavoldiyev 1965 yilda Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1986 yilda Margʻilon plan-iqtisod texnikumini, 1992 yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Fargʻona viloyati Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimidan boshlab, 2002-2017 yillar davomida Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, xoʻjalik birlashma rahbari va Fargʻona viloyati hokimligida rahbar lavozimlarida ishlagan.

2018 yilning yanvar oyidan sentyabriga qadar Davlat soliq qoʻmitasining Jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?