Mutaxassislarning fikricha mazkur 20 ta surat stressdan chiqishga yordam berar ekan. Bir urinib koʻringchi... (Davomi)

17:03 19 Dekabr 2018 Lifestyle
1418 0

Stressga qarshi kurashish vositalari koʻp. Kimdir musiqa tinglaydi, kimdir toza havoda yolgʻiz sayr qilishni xohlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu boradagi yana bir samarali usul — chiroyli rasmlarni tomosha qilish ekan. Yaqinda Mail.ru sayti Mail Hi-Tech bilan hamkorlikda ish kunlari tushlik paytida biroz boʻlsa-da hordiq chiqarish, madaniy dam olish, oʻzini yengil his qilishda yordam beradigan 20 ta suratni eʼlon qildi.

Siz ham bir urinib koʻringchi. Rostdan ham bu suratlar stressdan chiqishga yordam berarmikan?

11-rasm: Borliq bepoyonligini anglash doim muvozanatni saqlashga yordam beradi.
12-rasm: Oʻrgimchak uyasining kattalashtirilgan fotosi ham yengil tortishga koʻmakdoshdir.
13-rasm: Kulrang doim ham yomon emas, ayrim paytlar u tinchlantiradi hatto.
14-rasm: Ulkan qoyalar mustahkam poydevorga ega boʻlish naqadar yaxshi ekanligini eslatib turadi.
15-rasm: Ufq hamma narsaga ham jiddiy yondashavermaslik kerakligini bildiradi.
16-rasm: Ayrim paytlar yonib turgan chiroq ham dillarga xushnudlik olib kiradi.
17-rasm: Oʻrganib qolgan texnikaga qarab turib ham xursand boʻlish mumkin.
18-rasm: Suv tomchisi bir maromda tushayotganini eshitib koʻring.
19-rasm: Parvoz zavqi.
20-rasm: Flamingo nafaqat pushti rang, balki losos baligʻi tusida ham boʻladi.

Ushbu suratlarning BIRINCHI OʻNTALIGI bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?