Mutaxassislarning fikricha mazkur 20 ta surat stressdan chiqishga yordam berar ekan. Bir urinib koʻringchi... (Birinchi oʻntalik)

16:43 19 Dekabr 2018 Lifestyle
1661 0

Stressga qarshi kurashish vositalari koʻp. Kimdir musiqa tinglaydi, kimdir toza havoda yolgʻiz sayr qilishni xohlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu boradagi yana bir samarali usul — chiroyli rasmlarni tomosha qilish ekan. Yaqinda Mail.ru sayti Mail Hi-Tech bilan hamkorlikda ish kunlari tushlik paytida biroz boʻlsa-da hordiq chiqarish, madaniy dam olish, oʻzini yengil his qilishda yordam beradigan 20 ta suratni eʼlon qildi.

Siz ham bir urinib koʻringchi. Rostdan ham bu suratlar stressdan chiqishga yordam berarmikan?

1-rasm: Atrofimiz toʻla bejirim naqshlar. Hatto oddiy oʻsimliklarda ham bunday moʻjiza mujassam.
2-rasm: Lojuvard rang dengiz gilami asab taranglashuvining oldini oladi.
3-rasm: Yashil rang xotirjamlik va biroz yolgʻiz qolish istagini anglatadi.
4-rasm: Agar siz texno-estetikani maʼqul koʻrsangiz, u holda mikrosxemalardagi burmalar yaproqlardagi taram-taram yoʻllar oʻrnini bosadi.
5-rasm: Yorugʻlik va soyaning bir maromdagi raqsiga eʼtibor bering.
6-rasm: Yana texnika shinavandalari uchun: kelajakdagi dunyo tartibli, oʻzaro bogʻliq va bir tekisda kechadi.
7-rasm: Moviy osmon ostidagi soʻnggi yoʻq sahro kengliklari. Oʻsha yerga borib qolishni istagan boʻlarmidingiz?
8-rasm: Imperator pingvinlar yoqimtoylik borasida koʻplarni ortda qoldiradi.
9-rasm: Doim sizni qiynayotgan narsaga yuqoridan qarang.
10-rasm: Koʻzlarni mashq qildirib turing: rasmga 10-15 soniya diqqatingizni jamlang.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?