Mutaxassis yana bir global epidemiya xavfidan ogohlantirmoqda

16:18 26 Oktyabr 2020 Dunyo
2354 0

Illyustrativ foto

Dunyoda aholi orasida magniy yetishmovchiligi epidemiyasi avj olmoqda. Bu haqda rossiyalik nevropatolog Vera Pshenichnikova «Govorit Moskva» radiosida boʻlgan suhbatda aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, vaziyat ushbu mikroelement uchun analiz olishning juda qiyinligi sababli murakkablashmoqda.

Shifokorning izohlashicha, magniy “mutlaqo zararsiz” boʻlib, uni qabul qilishning koʻplab turlari mavjud.

Misol uchun Pshenichnikova AQSHdagi ushbu mikroelement asosida tuzilgan parhezni yuqori baholamoqda.

Avvalroq rossiyalik boshqa bir mutaxassis Aleksandr Myasnikov magniy tanqisligi organizmda kaliy yetishmovchiligiga sabab boʻlishi, bu esa nazariy jihatdan yurak muammolariga olib kelishi mumkinligi haqida aytib oʻtgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?