Muhammad Salohning qiyofasiga kirib oʻgʻrilik qilayotgan jinoyatchilar qoʻlga olindi

18:14 22 May 2020 Sport
306 0

Foto: sports.ru

Misr politsiyasi futbol yulduzi Muhammad Salohning qiyofasidagi yuz niqoblarni taqib olib oʻgʻrilik qilayotgan 4 kishini qoʻlga oldi.

19-may kuni Nasr shahrida politsiya xodimi Muhammad Saloh koʻrinishidagi toʻrt kishining doʻkon eshigini buzib, ichkariga kirishga harakat qilayotganlarini payqab qoladi. Xodim yaqinlashgach ular qochib ketishgan. Lekin,ushbu oʻgʻrilar ushlandi va hibsga olindi.

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, qoʻlga olinganlarning toʻrttalasi ham ishsiz odamlar ekan. Ular “doʻkonlarni oʻmaruvchi jinoiy guruh” tuzganlarini tan olishgan.

Politsiya “Saloh”larning toʻpponcha patronlari va yuz niqoblarini musodara qilgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan boʻlib, oʻgʻrilar 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Futbol yulduzi Muhammad Saloh Misrda milliy qahramon darajasiga chiqqan. U Angliya Premyer ligasining soʻnggi ikki mavsumida toʻpurar boʻldi va oʻz jamoasi “Liverpul” bilan Yevropa chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?