Muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etilgani rad etildi

21:15 10 Sentyabr 2019 Jamiyat
233 0

Usmonxon Alimov hazratlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimidan ozod etilmagan. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

2019-yil 10-sentyabr kuni ayrim Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov lavozimidan ozod etildi, degan mazmundagi asossiz va soxta xabarlar tarqatildi.

Taʼkidlash lozimki, Usmonxon Alimov hazratlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlamoqdalar.

“Muftiy hazratlariga uzoq yillar moʻmin-musulmonlarimiz xizmatida bardavom boʻlishlarini Alloh taboraka va taolodan soʻraymiz“, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?