Mudhish YTH! 26 yoshli haydovchi halok boʻldi

05:41 18 May 2020 Jamiyat
2977 0

Baliqchidagi toʻqnashuvda haydovchilarning biri vafot etib, ikkinchisi tan jarohati oldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-may kuni soat 18:20 larda Andijon viloyati Baliqchi tumani Qiyali MFY hududida 1961-yilda tugʻilgan haydovchi E.R. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holatda boshqarayotib, oldindagi avtomobilni quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, qarshisidan oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1994-yilda tugʻilgan haydovchi B.M. (erkak) boshqaruvidagi “VAZ-2102” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Toʻqnashuv natijasida “VAZ-2102” rusumli transport vositasi haydovchisi 26 yoshli B.M. shifoxonada vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi 59 yoshli E.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Baliqchi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?