Moliya vazirligi xodimlarining koronavirus test natijalari shubhali ekanligi aytildi

00:46 02 Aprel 2020 Jamiyat
3387 0

Аrxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xodimlari koronavirus testini topshirdi va alohida texnik xodimlarning koronavirus test natijalari shubha tugʻdirgan. Shu bois ular keyingi tekshiruvlar uchun klinik karantinga olindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq karantin tadbirlari davrida xodimlar, barcha tashrif buyuruvchilar va ularning oila aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birinchilardan boʻlib, masofaviy ishlash tartibini joriy qilgan. Dastlabki kunlardanoq xodimlarning 40 foizdan ortigʻi, shu jumladan maktabgacha va boshlangʻich sinflar yoshidagi farzandli xodimlar mehnat taʼtiliga chiqarilgan.

Vazirlik ustuvor davlat dasturlarini moliyalashtirish va byudjet tizimi xodimlariga ish haqlarini oʻz vaqtida toʻlash, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini taʼminlash boʻyicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, jamoa ishni onlayn shaklda tashkil qilish, shuningdek, xodimlarni oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishi yuzasidan qaror qildi.

Moliya vazirligi jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:

1. Vazir va vazir oʻrinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy boʻlimlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.

2. Gʻaznachilik ham hisob-varaqlar boʻyicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda oʻz faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.

3. Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.

Ish haqi va nafaqalar ajratilishi toʻxtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi. Viloyat, tuman, shahar moliya va gʻaznachilik boʻlimlari oʻz faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?