Moʻynoqdagi kondan gaz qazib olina boshlandi

12:06 12 Iyul 2019 Iqtisodiyot
346 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida ochilgan “Oraliq” konidan sinov tariqasida dastlabki tabiiy gaz olina boshladi.

Maʼlumotlarga koʻra, kunlik hajmi 700-800 ming kubometr boʻlgan ushbu nodir boylik yerning 3910 metr qaʼridan otilib chiqmoqda.

Ustyurt bagʻridagi “Qusqayir” deb nomlangan yana bir yangi kon 3550 metr chuqurlikdan tabiiy gaz bermoqda. Uning bir kunlik hajmi 200 ming kubometrni tashkil etadi.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?