Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti oʻrnatildi

16:21 30 Iyul 2019 Madaniyat
182 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Minsk shahri markazidagi soʻlim xiyobonda ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy byusti ochildi.

Shu kungacha bu yerda bironta sharq mutafakkiriga bu qadar yuksak ehtirom koʻrsatilmagan. Ushbu byust Belarus Respublikasida sharq adabiyotining buyuk dahosiga quyilgan ilk yodgorlikdir.

Navoiy bobomiz byusti ochilishiga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda ulugʻ oʻzbek shoirining ushbu hikmatli satrlari belarus tilida yangradi. Tantanali marosimda ikki mamlakat parlamenti aʼzolari, adabiyot, madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Navoiy falsafasi xalqlarimiz madaniyati, tafakkurida beqiyos oʻrin tutishi, Prezidentimiz tashrifi doirasida oʻtayotgan mazkur marosim oʻzbek va belarus xalqlari oʻrtasidagi uzoq asrlik doʻstlik va birodarlik rishtalari bugungi kunda yangi bosqichga koʻtarilayotganini ifoda etishini qayd etdi.

Alisher Navoiy byusti belaruslik yosh haykaltarosh Maksim Makarevich tomonidan ishlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?