Mingbuloqdagi yangi neft konini Energetika vaziri va Namangan viloyati hokimi oʻziga xos usulda nishonladi (video)

14:57 07 May 2019 Iqtisodiyot
788 0

Namangan viloyatidagi Mingbuloq tumani hududida M-15 qudugʻini burgʻilashdan soʻng olib borilayotgan birlamchi sinov ishlari doirasida birinchi neft oqimi olingani xabar berilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan koʻrish mumkinki, Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yangi neftni yuzlariga surtib, ushbu yangilikni nishonlashgan. Tarqalgan kadrlarda “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi Bahodir Sidiqovni ham payqash mumkin.

Neftchilarning aytishicha, bu ularning “oʻziga xos odati” hisoblanar ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?