“Mikrokreditbank” — xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi

14:48 20 May 2020 Iqtisodiyot
135 0

“Mikrokreditbank” ATB “Global Banking&Finance Avards — 2020” tanlovining “Mijozlarning bank xizmatidan qoniqish va mamnunligi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Ushbu eʼtirof biz uchun rivojlanishimiz va sizlar uchun yana-da yaxshilanishiga katta yordam beradi, albatta.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bu yil Oʻzbekistonning 10 dan ortiq tashkilot va moliyaviy institutlari “Global Banking&Finance Avards — 2020” tanlovining turli nominatsiyalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

“Global Banking&Finance Review” — bu onlayn va bosma jurnallarning yetakchi nashrlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu jurnal dunyoning 200 mamlakatida oʻqiladi.

Bank axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?