MIB 232 ming ortiqcha toʻlab qoʻygan fuqaroga salkam 7,5 mln soʻm qarz yozdi

10:23 05 Oktyabr 2018 Jamiyat
8062 0

Samarqand viloyati Payariq tumanining “Gulzor” MFYda yashovchi M.Joʻraqulovaga Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi xodimlari elektr energiyasidan 7 397 564,90 (yetti million uch yuz toʻqson yetti ming soʻmdan ziyodroq) soʻm qarzdor ekanini aytishganda va bu qarz zudlik bilan toʻlanmasa, chora koʻrilishi haqida ogohlantirishganda, dastlab nima qilishini bilmay qoldi, deb yozadi OʻzA.

Manbaning yozishicha, shundan soʻng Joʻraqulova yaqinlarining maslahati bilan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Ushbu murojaat viloyat hududiy birlashmasining Payariq tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan oʻrganib chiqildi. Qayta xatlov oʻtkazilganda, Payariq tuman ETKA bazasi boʻyicha, ushbu xonadonda qarzdorlik mavjud emasligi, aksincha 232 751 (ikki yuz oʻttiz ikki mingdan ziyod) soʻm ortiqcha toʻlovi borligi aniqlandi.

Yuklangan qarzdorlik bekor qilinib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?