“Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga bir kunda 5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yigʻildi

23:04 24 Mart 2020 Jamiyat
167 0

Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda oʻtkazilgan brifing chogʻida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Doniyor Alimov maʼlum qildi.

“Avvalo shuni aytish kerakki, ushbu fond oldindan mavjud boʻlib, mehr va shafqatga, eʼtiborga muhtoj odamlarga, bemorlarga yordam berib kelayotgan edi. Shu yoʻl orqali koʻplab yordamga muhtoj bemorlarning sogʻayishiga, ularni yana hayotga qaytishiga hissa qoʻshildi.

Shunisi eʼtiborliki, bir kunda ushbu fond hisob raqamiga 5 milliarddan oshiq mablagʻ kelib tushdi. Bu raqamning oʻzi xalqimizning bagʻri kengligini, eng sinovli paytlarda bir-biriga suyanch, tayanch ekanligini koʻrsatib bermoqda”, – dedi Doniyor Alimov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?