Marsda shahar qurish qancha turadi?

18:10 15 Avgust 2019 Dunyo
217 0

Amerikalik milliarder Ilon Mask Marsda oʻzini oʻzi taʼminlaydigan sivilizatsiya yaratish uchun qancha mablagʻ kerakligini maʼlum qildi. Uning fikricha, bunga 100 mlrd. dollardan 10 trln. dollargacha mablagʻ ketadi. Mask bu haqda Tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

U bu bahoni Tvitterdagi @marstronauts taxallusi ostidagi foydalanuvchi bergan savolga javob tariqasida bildirgan. U “Marsda toʻliq oʻzini oʻzi taʼminlaydigan sivilizatsiyaning hozirga bahosi qancha?” deb soʻragan. Mask buni Marsga yuk joʻnatish qiymatini yukka nisbatan ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) qilish usulida hisoblab chiqqan. Uning xomchoʻtlariga koʻra, “Qizil sayyora”ga 1 mln. tonna foydali yuk yuborish qiymati 100 ming dollar turadi.

Agar Marsda risoladagidek shahar qurilishi uchun 1 mln. tonna yuk kerak boʻlsa, uning qiymati qariyb 100 mlrd. dollar va undan ziyodni tashkil etadi.

Bundan oldin Mask ilk bor sayyoralararo kema uchun dvigatelni sinovdan oʻtkazgan edi. ishbilarmon 2023-yildan Oyga, keyinroq Marsga parvozlar uyushtirishni moʻljallayapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?