Markaziy Osiyodagi diqqatga sazovor joylar 10 taligi

13:46 17 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
1380 0

Dunyoda Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixiy qadamjolarga boyligi bilan mashxur, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ummonorti davlatlaridan, Yevropa mamlakatlaridan turistlar, olim va tadqiqotchilar Buyuk Ipak yoʻli oʻtkan hududlarga doimiy ravishda katta qiziqish bildirishi sir emas. Keling, bu borada kalpak-travel.com sayti tuzgan eng mashhur qadamjolar roʻyhatini birgalikda koʻrib chiqamiz.

1. Samarqand, Buxoro va Xiva — Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari.
2. Soʻnkoʻl — Qirgʻizistondagi baland togʻ hududlari va yaylovlar bilan oʻralgan asosiy koʻl.
3. Pomir togʻ tizmasi — Tojikiston hududidagi kesishma.
4. “Darvoza” — Turkmanistonda joylashgan (“Jahannam darvozasi” nomi bilan ham mashxur) gaz chuqurligi.
5. Issiq koʻl — dunyoda kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi Qirgʻizistondagi togʻ tizmalaridagi koʻl.
6. Nur-Sultan — Qozogʻistonning zamonaviy poytaxt shahri.
7. Firuza rang koʻl — Tojikistonda joylashgan, turistlar eng koʻp tashrif buyuruvchi dunyodagi mashxur koʻllardan biri.
8. “Altin emel” — Qozogʻistondagi milliy bogʻ. Qoya toshlardan iborat ken yaylov hamda sahrodan iborat. Uning uzunligi 4600 km ni tashkil etadi.
9. Ashxabot — Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan turli arxitektura ishlarining vatani. (“Muhabbat shahri” nomi bilan ham mashxur) Turkmaniston.
10. Tiyan-Shan togʻlari — Qirgʻizistondagi togʻ tizmasi.

Yulduz OʻRMONOVA

tayyorladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?