Markaziy bank barcha tijorat banklari vakillari uchun seminar tashkil etdi

11:24 27 Avgust 2019 Iqtisodiyot
218 0

Markaziy bank barcha tijorat banklari vakillari uchun “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga minimal talablar” mavzusida seminar tashkil etdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Markaziy bankning bank xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan munosabatlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomiga bir qator muhim oʻzgarishlar kiritildi.

Xususan:

- banklar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditning toʻliq miqdorini oshkor qilish tartibi belgilandi;

- bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari kengaytirildi;

- kredit tashkilotlariga bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun talablarini buzganliklari uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanilishi kiritildi.

Shu munosabat bilan, yuqorida keltirilgan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishish maqsadida Markaziy bank tomonidan respublikaning barcha mintaqalarida tijorat banklari filiallarining isteʼmolchilar bilan bevosita aloqada boʻladigan xodimlari ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etildi.

Seminar davomida banklaring istemolchilar bilan oʻzaro munosabatlarini amalga oshirishidagi amaliy harakatlari yangi talabdagi qonunchilikka muvofiq muhokama qilindi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?