Markaziy bank 100 ming so’mlik kupyura chiqarilishini tasdiqladi

Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma’lum.
Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o’tgan edi.
Mart oyi o’rtalarida Senat 50, 100, 500 so’m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so’mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma’qulladi. Biroq banknota haqida so’z yuritilmagan.
Shu munosabat bilan “Spot” internet nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o’rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.
Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilingan.
Unda, shuningdek, o’rnatilgan tartibga ko’ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta’kidlanadi.
Markaziy bank ayni paytda yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma’lum qila olmasligi ta’kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma’lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Markaziy bank 100 ming so’mlik kupyura chiqarilishini tasdiqladi
- Endi fuqarolardan uy-joy oldi-sotdisida kommunal xizmatlardan qarz yo‘qligi haqida ma’lumot talab etilmaydi
- Xalq ta’limi vaziri: Majburiy mehnatni vatanparvarlik deb bilganmiz
- Davlat xaridlari to’g’risida
- O‘zbekiston tashabbuslarini Vashintondagi rasmiylar iliq kutib olishayapti
- Deputat xususiy avtomobillar oynalarini qoraytirishni to‘liq taqiqlashni taklif qildi
Muhokama qilingan
- Taklif etilayotgan soliq Kontseptsiyasi amaldagi soliq tizimidan nimasi bilan farqli?
- Vazirlar Mahkamasining yangi qarori: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi o‘zgardi
- O’zbekistonda yana bir yangi telekanal ochiladi
- Afg‘onistonlik iste’dodli yosh o‘zbek xonandasi Majid Andxuiydan tuhfa: "O‘zbegim farzandiman"
- Yangi avloddagi Volvo V60 modeli 390 ot kuchiga ega gibrid ko'rinishini oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: