Mamlakatimiz tarixida birinchi marta investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshdi

10:05 15 Avgust 2019 Jamiyat
37 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda birinchi yarim yillikda qariyb 86 trillion soʻm, yaʼni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar koʻp investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi 2,7 barobar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilishi 3,7 barobar oʻsgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda shu haqda ham soʻz yuritildi.

Alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimiz tarixida birinchi marta investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshdi. Oldingi yillarda bu koʻrsatkich 25 foizga ham yetmasdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?