Maktablarda 7-sinfdan boshlab yangi fan kiritiladi

01:21 12 May 2020 Siyosat
390 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Unda taʼkidlanishicha, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Yigʻilishda bu yetarli emasligi taʼkidlanib, soha mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Kelgusi oʻquv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar oʻquvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?