Maktabgacha ta’lim vazirligi e’tiboriga: Qo’ng’iroq bo’ldi, ayol kishi...

16:50 03 Aprel 2018 Jamiyat
2309 0
Foto: farzand.uz 

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiev “Feysbuk” ijtimoiy tarmog’idagi Maslahat.uz guruhiga quyidagi mazmunda xabar joyladi. U haqiqatan ham dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu masalani O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi e’tiboriga havola etamiz. Umid qilamizki, vazirlik mazkur masalaga oqilona yondashadi va ko’plab yurtdoshlarimizni xursand etadigan echim topa oladi...

“Men yolg’iz onaman. Farzandim 2 yoshga to’ldi. Endi ishga chiqishim kerak, chunki ishxonam dekret puli to’lashni to’xtatdi. Lekin bog’chalar 3 yoshdan qabul qilamiz, 2 yashar bolani olmaymiz, deyapti. Agar bolamga qarasam, qanday kun ko’raman? Agar ishga chiqsam, hech kimim yo’q, bolamga kim qaraydi? Bunaqa vaziyatda nima qilay, iltimos, maslahat bering"

Ba’zan shunday savollar bo’ladiki, qanday maslahat berishni ham bilmaysan kishi. Mutasaddi tashkilotlar qaror qabul qilayotganda sal mantiqni ham qo’shishsa yomon bo’lmasdi.

Bog’chaga bolalarni 3 yoshdan qabul qilishni Xalq ta’limi vazirligi belgilagandi. Endi vaziyat o’zgardi, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Boz ustiga rahbari ayol kishi. U. Inoyatov balki ayollarning dardini his qila olmagandir, hech bo’lmasa Agrepina Shin shu masalada ayollarimizning muammosini hal qilib bersa yaxshi bo’lardi.

Ortiqcha xarajat, byudjetni iqtisod qilish kabi shablonno’y jihatlarni bir chetga surib, shunchaki oddiy inson sifatida masalani o’ylab ko’rishsa, degan umidim yo’q emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?