Mahmud Istamov: “Takroriy ovoz berish jarayonini 5 mingdan ziyod kuzatuvchilar kuzatib bordilar“

13:28 06 Yanvar 2020 Siyosat
231 0

Bugun 6-yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda MSK raisi oʻrinbosari Mahmud Istamov quyidagilarni bildirib oʻtdi:

— Kecha 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okrugidagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish boʻlib oʻtdi.

Bunda 3 147 079 nafar fuqaro Saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ulardan 1 978 048 nafari takroriy ovoz berishda ishtirok etdi.

Bu takroriy ovoz berishda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning 62,8 foizini tashkil etadi.

Takroriy ovoz berish jarayonini deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan jami 5 mingdan ortiq kuzatuvchilar kuzatib bordi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?