Lukashenko Qozogʻistonga tashrif buyuradi

17:16 21 Oktyabr 2019 Dunyo
211 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 24-25-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Belta manbasi xabar berdi.

Ikki davlat rahbari Nur-Sultonda muzokaralar oʻtkazishadi. Ularda oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalar, jumladan, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, neft-kimyo kompleksi va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.

Tomonlar, shuningdek, integratsiyaviy birlashmalar va xalqaro maydondagi munosabatlar, xalqaro kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qilishadi.

Shu kunlarda Nur-Sultonda ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum ham tashkil etiladi. Ayni chogʻda Qozogʻiston poytaxtida Belarus elchixonasining yangi binosi ochilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?